Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi jarohatlandi

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrining Mirobod tumani, Katta Mirobod ko‘chasida 21-aprel kuni  soat 17:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishichA, 1994 yilda tug‘ilgan S. B. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi va 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi BYD bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida BYD haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas‘ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling