Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 137-kilometrida 13-mart kuni soat 10:00 larda YTH sodir bo‘ldi.
Maʼlum qilinishicha, “Yangiyer-Guliston” yo‘nalishida Nexia-3 avtomobili va chiqindi tashishga mo‘ljallangan Isuzu ishtirokida avariya sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda hodisa joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.