Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ziyolilar ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi vaqtincha avtomashinalar harakati uchun yopiladi.

Cheklov 20-may soat 14:00 dan 21-may soat 09:00 gacha amal qiladi.
Bunga Mirzo Ulug‘bek tumanida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sabab bo‘ladi.
Shuningdek, 19-may soat 20:00 dan 23-may soat 24:00 gacha Olmazor tumanining Farobiy ko‘chasi Universitet ko‘chasi kesishmasidan Talabalar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchlalik yopiladi.

Bunga "Talabalar festivali" o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.
Mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.