Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 17-iyun kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga “Charog‘on” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Ushbu hududlar: «Shukur Burxonov», «Alisher Navoiy», “Sho‘rtepa”, “Nodirabegim”, “Alpomish” hamda “Yalong‘och” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.