Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘rta bosimli gaz quvurining zulfinida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida 11:30 dan 17:00 gacha “Oltintepa” MFY Qaynarsoy ko‘chasidagi 21 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uy va 3 ta ulgurji iste‘molchilarda gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.