Toshkentning bitta tumanida issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi KHAY koʻchasida issiqlik quvurlarini yangilash boʻyicha taʼmirlash ishlari olib boriladi

Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi KHAY koʻchasida 16-aprel kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha issiqlik quvurlarini yangilash boʻyicha rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Taʼmirlash ishlari davomida quyidagi manzillarda joylashgan koʻp qavatli uylarda vaqtincha issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi:

  • Oqqoʻrgʻon, Katta Darhon, Q. Niyoziy, Tamaraxonim, M. Ismoiliy, U. Sultonov, L. Tolstoy, Mustaqillik shoh koʻchasi hamda Irrigator mavzesi.

“Mazkur ishlar issiqlik taʼminoti tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirishga, shuningdek, issiqlik tarmoqlarini kelgusi kuz-qish mavsumiga tayyorlashga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling