Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 9-oktabr kuni 09:00 dan 18:00 gacha gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga “Amir Temur” MFYga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvurlarini tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Quyidagi hududlar:
“Avayxon” MFY Avayxon, Rishton va Semashko ko‘chalari
Qorasuv 6-dahasi
- “Oltin tepa” MFY Oltintepa Parkent, Qarnoq, Qaynarsoy ko‘chalari
- “Gulzortepa” MFY Baynalminal, Ozodlik, Quruvchi va Anhor bo‘yi ko‘chalari
- “Mevazor” MFY Mingo‘rik, Uzumzor, Olmazor va Quva ko‘chalari
- “Sarbon” MFY Anhor, Sarbon, Mustaqillik, Tinchlik va Muruvvat ko‘chalari
- “Geofizika” MFY Nihod, Xurmakon, Xurdiyor, Boytepa, Yog‘du va Geofizika ko‘chalari
- “Geologlar” MFY E‘zoz, Ilk qadam, Turkiston, Ziyolilar va Nihol ko‘chalari
- “Temuriylar” MFY Binokor, Vatan va Tabassum ko‘chlari
- “Zakovat” MFY Farovon hayot va Istiqlol ko‘chalari.
Ta‘mirlash-tiklash ishlari yakunlangach, gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.