Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontohur, Olmazor tumanlari hamda Chilonzor tumanining ayrim hududlarida issiq suv 25-aprelgacha oʻchiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yilning aprel va may oylarida amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.
Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmszor ca Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.
Koʻrsatilgan davrda tegishli issiqlik manbalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududlardagi isteʼmolchilar uchun issiq suv taʼminoti 25-aprelgacha toʻxtatiladi.