Toshkentning beshta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yangihayot, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 18-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Zakovat” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 56 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Qutbaraka”, “Qo‘shqo‘rg‘on” va “Uchuvchilar” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 412 ta yerli xonadonlar, 28 ta ko‘ p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 18 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Xushnud” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 112 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Olmazor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Xastimom” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 135 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Shayxontohur tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Gulbozor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling