Iyun-iyul oylarida yoz mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator lokal qozonxonalarda rejalashtirilgan ta‘mirlash-profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Jarayonlar davomida yoz mavsumida tizimning barqaror ishlashini ta‘minlash maqsadida asbob-uskunalarni ta‘mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan detallar almashtirish, shuningdek nasos uskunalarini sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Mazkur ishlar bajarilishi munosabati bilan quyidagi manzillar bo‘yicha issiq suv ta‘minotida vaqtinchalik to‘xtatishlar kuzatiladi. Jumladan, 16-iyundan 20-iyungacha — Ulug‘bek posyolkasi, Robiya Xonim ko‘chasida joylashgan “2-qozonxona” uchastkasi bo‘yicha:
- Ulug‘bek MFY, 219-MTM, 223-MTM, 54-maktab, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-, 14a-, 14b-, 16-, 2-, 3-, 4-, 6-ko‘p qavatli uylar.
23-iyundan 27-iyungacha (shu kuni ham) — Ulug‘bek posyolkasi, Do‘stlik mavzesida joylashgan “4-qozonxona” uchastkasi bo‘yicha:
- Do‘stlik MFY, 587-MTM, 286-maktab, 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-ko‘p qavatli uylar.
30-iyundan 4-iyulgacha (shu kuni ham) — Ulug‘bek posyolkasida joylashgan «Vodokanal 5-qozonxona» uchastkasi bo‘yicha:
- Birlik MFY, 1-ko‘p qavatli uy.
7-iyuldan 11-iyulgacha (shu kuni ham) — Parkent ko‘chasi 2/1-uyda joylashgan «Parkent 2/1» qozonxona uchastkasi bo‘yicha:
- Mirzakalon MFY, Parkent ko‘chasi 2/1, 2/3-ko‘p qavatli uylar.
14-iyuldan 18-iyulgacha (shu kuni ham) — Q. Niyoziy ko‘chasida joylashgan «Q. Niyoziy» qozonxonasi uchastkasi bo‘yicha:
- Lashkarbegi MFY, Q. Niyoziy ko‘chasi 13, 16-ko‘p qavatli uylar.