Toshkentning bitta tumanida issiq suv taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi

27-mart ushbu oyning soʻnggi sinov kuni boʻladi

2025–2026-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida mart oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan sinov ishlarini yakunlamoqda. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 27-mart ushbu oyning soʻnggi sinov kuni boʻladi. Shu kuni texnik tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan soat 9:00 dan 18:00 gacha Mirzo-Ulugʻbek tumani ayrim manzillarida issiq suv taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Jumladan:

  • Koʻchalar: Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzok Hamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli. 
  • Massivlar: Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling