Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltin tepa – Chahbud ko‘chalari chorrahasida 20-iyul kuni soat 13:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Lacetti va Tracker to‘qnashgan. Shundan so‘ng Tracker haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.