Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Yalangʻoch mavzesida 17-aprel kuni soat 23:51 da elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻin soat 23:59 da oʻchirildi.
Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.