Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,8 mlrd soʻmlik energiya resurslarini oʻgʻirlagan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasi aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Qoraoʻzak tumanida “Q.M.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, MCHJning avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasiga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatgan.
Natijada jami 1,1 mln kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanilgan va 2,8 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling