Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

2025-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi tashkil etiladi.

Prezident farmoni bilan, respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi belgilandi.

2027-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun quyidagi miqdorlarda 1 martalik subsidiya ajratiladi:

  • I toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 10 mln so‘m;
  • II toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 7 mln so‘m;
  • III toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 5 mln so‘m.

2028-yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yo‘nalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

2030-yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda ko‘rgazmalarida targ‘ib qilinadi.

2025-yil 1-iyundan turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi.

2025-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi tashkil etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling