Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 2009-yilda tug‘ilgan O.A. yashash xonadonining molxonasi ustuniga arqondan sirtmoq yasab, o‘z joniga qasd qilib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xabar berdi.
Hodisa 12-yanvar kuni taxminan soat 14:10 larda sodir bo‘lgan.
U Chirchiq shahar, “Ximposelok” MFYda doimiy ro‘yxatda turib, vaqtinchalik Chinoz tumani, “Sutchilar” MFYda yashagan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling