Mo‘min Amonov Buxoro shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
M. Amonov 1988-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
U tayinlovga qadar “Buxoro suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling