Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasida 28-aprel kuni soat 01:10 larda 2002-yilda tug‘ilgan M.M. BMW mototsiklini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yiqilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisi va yo‘lovchisi 2005-yilda tug‘ilgan O.U.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas‘ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.