Muborak va Jomboy tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Hududlarda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tgan

Gʻolib Murodov Muborak tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Murodov 1981-yil Mirishkor tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xurshid Nazarov Jomboy tumani hokimi etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling