Soliq qo‘mitasi my3.soliq.uz tizimda texnik nosozlik kuzatilayotganini maʼlum qildi.
Shu sababli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri maʼlumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha maʼlumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi.