Namangandagi issiqxonada 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi taʼminlandi.

Namangan viloyati Pop tumanidagi issiqxonada 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Z.G.V.” MCHJ rahbari A.S. jamiyatga qarashli issiqxonaga o‘rnatilgan o‘lchov qurilmalariga tashqi taʼsir ko‘rsatishi oqibatida elektr energiyasini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi taʼminlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling