Xalq bankida 9,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik sodir etildi

Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Xalq banki Yangiqo‘rg‘on tumani bank xizmatlari markazida o‘g‘irlik bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan bank matbuot xizmati izoh berdi.

Taʼkidanishicha, aprel oyida Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi tomonidan bankning dasturiy taʼminotiga noqonuniy kirgan holda, bankning 9,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirilgan.

Ushbu holat bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling