Namangan viloyatida yashirin “hujralar” tashkil etib, diniy taʼlim berish yo‘li bilan noqonuniy daromad topayotgan shaxslar aniqlandi.
Jumladan, Namangan shahrining Baliqchi ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1995-y.t. fuqaro ko‘p qavatli uylarning birida 15 nafar shaxsga diniy saboq bergan.
Maʼrifat mahallasida yashovchi, 1974-y.t. ayol esa o‘z xonadonida 14 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy o‘qish tashkil etib, ularning har biridan oyiga 1,5 mln so‘mdan pul olib kelgan.
Yangi Namangan tumanida 1983-y.t. shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizlarga va 3 nafar fuqaroga diniy taʼlim berib kelgan.
Uychi tumanining Mashad mahallasida 48 yoshli fuqaro o‘z uyida voyaga yetmagan bolalarni to‘plab, moddiy manfaat evaziga diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.
Bunday qonunbuzarliklar To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida istiqomat qiluvchi 1975 va 1981-y.t. 2 nafar shaxs tomonidan ham sodir etilgan.
Barcha gumonlanuvchilar va bolalarning ota-onalariga nisbatan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rildi.