Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Afg‘onistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Muqaddam narkokuryerlar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Surxondaryoga olib o‘tilgan va Yozyovon tumaniga keltirilib, dala maydonidagi xufiya joyga yashirib ko‘yilgan 9 kg 896 gramm “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1983-y.t. xususiy tadbirkor va uning 1989-y.t. sherigi ushlandi.

Shuningdek, voqea joyidan qochishga uringan xususiy tadbirkorning yonida bo‘lgan 14 ming 500 dollar va 6 mln 250 ming so‘m ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxsning yashash xonadonidan esa 110 gramm “opiy” moddasi, 2 ta elektron tarozi, 1200 dollar hamda 28 mln so‘m protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida yashovchi, 1963-y.t. shaxs Xorazm viloyati, Xazorasp tumanida istiqomat qiluvchi 1978-y.t. fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, kelgusida sotib, mo‘may daromad topish maqsadida afg‘onistonlik narkosavdogarlarga katta miqdordagi giyohvandlik vositasini buyurtma berishadi.

Narkokuryerlar tomonidan ajal og‘usi Afg‘onistondan Surxondaryo viloyati hududiga olib o‘tilib, keyinroq To‘rtko‘l tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘rtko‘l va Xazorasplik mazkur shaxslar xufiya joydan 6 kg 149 gramm “opiy” moddasini va 9 kg 814 gramm ko‘knori somonini olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling