Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

“Navbahor” futbol maktabi uch yilga “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

“Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezident kelajakda bu akademiyada dunyoning “top” klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling