Navoiyda 26 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Navbahor tumanidagi “S. A. S.” MChJga qarashli metan zapravkada gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart talablariga zid ravishda noma‘lum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta‘minoti korxonasiga 26 mlrd 27 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling