Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

16-yanvar kuni Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi

Prezident farmoni bilan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Turdimov noyabr oyi oxirida Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib oʻtamiz, 16-yanvar kuni Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.

Bunga hududida ivestisiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani sabab boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling