“Navoiy” chegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini O‘zbekistonga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan 4 nafar shaxs to‘xtatildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga piyoda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada ularning belidan va qo‘l yuklari orasiga jami 180 dona iPhone berkitilganligi aniqlandi.

Mazkur telefonlarning umumiy qiymati 1 mlrd 80 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.