Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 y.t. shaxs Navoiy shahrida yashovchi fuqaroni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yo‘nalishi orqali AQSHga yuborish evaziga 28 ming dollar talab qilib, oldindan 14 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, 2000 y.t., shaxs Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni AQSHga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming dollarni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs mahalliy fuqaroni Turkiya-Ispaniya-Meksika yo‘nalishi orqali Amerikaga ishlash maqsadida yuborish uchun mansabdor tanishlari orqali viza rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 15 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar va 26 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent shahrida yashovchi, 1995 y.t. shaxs Shirin shahrida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni AQSHga ishga yuborish hamda viza va boshqa hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 38 ming dollar talab qilib, oldindan 52 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.