Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Kunduzi havo 25-27 daraja iliqqacha, ba‘zi joylarda 30 daraja iliqqacha isiydi.
21-martda respublika hududining katta qismida Navro‘z bayrami qulay ob-havo sharoitida o‘tadi, faqat respublika shimolida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati 27-30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublikaning g‘arbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
22-23-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 22-27 daraja iliqni tashkil etadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida 20-23-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 21 va 23-martda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 12-14 daraja iliq, kunduz kunlari 26-28 daraja iliq bo‘ladi.