Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ismoilov bungacha U-17 terma jamoasini boshqarib kelgan.
Berilgan maʼlumotga ko‘ra, jamoaning chempion sifatida kelgusi mavsumdagi asosiy vazifasi sifatida chempionlikni saqlab qolish belgilandi.
Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish ham taʼkidlandi.