“Yangi O‘zbekiston” universiteti huzurida Ilg‘or bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi

2025/2026-o‘quv yilidan universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi.

Prezidentning “Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilarning ilmiy maktablarini shakllantirish;
  • xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba asosida tibbiyot sohasida taʼlim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uyg‘unligini taʼminlash, soha uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.

Universitet huzurida Ilg‘or bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan taʼlimning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi.

2027-yil 1-dekabrgacha universitet uchun olib kelinadigan va muqobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (QQS, aksiz solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling