O‘zgidromet O‘zbekistonda 8-may, payshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi. Unga ko‘ra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
SIRDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.