O‘zbekistonda seshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° bo‘ladi

O‘zbekistonda 27-may, seshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi. O‘zgidrometga ko‘ra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 23-25° bo‘ladi. 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27°bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 27-32°bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi bo‘ladi, ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling