Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ish haftasi davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Havo harorati pasayadi va 20-23 daraja atrofida bo‘ladi.

28-oktabrda sovuq front respublikaning barcha hududlari bo‘yicha o‘tadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, ba‘zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa o‘rtacha yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati pasayadi va 20-23 daraja atrofida bo‘ladi.

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha asosan iliq va quruqob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 29-oktabrda ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,27-oktabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 28-oktabrda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 21-26 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me‘yoridan 3-5 darajaga yuqoridir.

Toshkentda 28-oktabrda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.

29-30-oktabr kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 11-13 daraja,kunduz kunlari 22-25 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling