Sergelidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmadi.

Toshkent shahrining Sergeli tumani, “Nilufar” ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Soat 11:05 da 12 ta ekipaj yong‘in joyiga yetib borgan va bartaraf etish ishlariga kirishgan. Yong‘in soat 12:15 da qurshab olindi va soat 13:31 da batamom o‘chirildi.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmadi.

Yong‘inni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling