Dam olish kunlarida ob-havo quruq va iliq bo‘ladi

Harorat kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Harorat kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, respublikaning shimoliy hududlarining ba‘zi joylarida 2 daraja sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Bu meyyoriy (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 2-4 daraja yuqori. Ba‘zi joylarga tuman tuman tushishi mumkin. Juda mayin shamol sharqdan esib turadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 15-18 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling