KHAYning bir qismida transport vositalari harakati cheklanadi

Avtobuslar va boshqa transport vositalari harakati boshqa yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi. 

Kichik halqa avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Cheklovlar 19-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 06:00 gacha KHAYning Toshkent davlat pedagogika universiteti oldidan Dilxush 2-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida amal qiladi. 

Mazkur davrda ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovi yo‘lga qo‘yilgan avtobuslar va boshqa transport vositalari harakati boshqa yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi. 

Ushbu holatni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling