Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

E‘zozxon Karimova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

E‘zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ish olib bordi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling