Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi etib tayinlandi

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, elchi ushbu mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

“Belem” saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimdan so‘ng kechgan muloqot chog‘ida Portugaliya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Marselu Rebelu de Souza Nodir G‘aniyevni ushbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling