Toshkent viloyatida litsenziyasiz Umra tadbirini tashkil etgan MCHJ jarimaga tortildi

Jarima miqdori — 75 mln soʻm

Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Nazir travel N1” MCHJ va “Bonu travel 000” MCHJ ga nisbatan litsenziyasiz Umra tadbirini tashkil etgani uchun moliyaviy jarima qoʻllanildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari — 75 mln soʻm etib belgilangan.

”Hurmatli fuqarolar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita ziyoratchilarimizni “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh boʻlishlari va keyinchalik turli koʻngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling