O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 10-iyun kuni Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Rossiya hududida ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar kuzatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tashvish uyg‘otayotgani ta‘kidlandi.
Bunday holatlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo to‘g‘ri kelmasligi, ularni oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligiga e‘tibor qaratildi.
O‘zbekiston xorijda yashayotgan va vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.
Ushbu masala yuzasidan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegishli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda.
O‘zbekiston tomoni barcha fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinishini ta‘minlashga chaqiradi.
Shu munosabat bilan, Rossiyaning tegishli idoralarini O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularning sha‘ni va qadr-qimmatini kamsitmaslikka chaqirildi.
Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga elchixona tomonidan nota yuborilib, Rossiya TIVdan ushbu holatga izoh berish hamda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bo‘lmas holatligi ta‘kidlanib, kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berish so‘ralgan.davom ettiradi.