Rossiyaning Novosibirskda ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Oila Novosibirsk shahrida o‘ta og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan. Shu sabab ularning zarur hujjatlari, jumladan bolalarga O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari bepul rasmiylashtirildi hamda aviachipta sotib olindi.
Ular 29-iyul tunda O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.