Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan 8 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mazkur ko‘mak O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirildi.
Fuqarolar 20-avgust kuni Novosibirsk-Toshkent reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.