Samarqanddagi novvoyxonada qariyb 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi

Respublikaning barcha hududlarida gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toyloq tumani, “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “S. Sh.” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Novvoyxona egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. 

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob kitob qilindi va yetkazilgan zarar 1,329 milliard so‘m miqdorida hisoblandi.

Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling