Noyabr oyining so‘nggi ish haftasida O‘zbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida kelib harorat shimoliy va cho‘l hududlarda 2-3 darajaga pasayadi.
Kechasi va ertablari respublika hududining asosiy qismida 0-5 daraja iliq, shimolda 1-3 darajagacha sovuq bo‘ladi. Mayin shamol sharqdan biroz esib turadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-18 daraja iliq bo‘ladi.