Toshkent shahrining Mirobod tumani, “Nukus – A. Qahhor” koʻchalari kesishgan chorrahada 5-aprel kuni soat 16:55 larda haydovchi S.M. davlat raqam belgilari oʻzboshimchalik bilan yechilgan, maxsus antenna va “sirena” moslamasi oʻrnatilgan Malibu-2 avtomobilda katta tezlikda harakatlangan.
Haydovchi, shuningdek, bir necha marotaba YPX xodimlarining toʻxtash ishoralariga boʻysunmasdan harakatni davom ettirgan.
U kichik serjant A.H. yaqinlashayotganini koʻrib tursa ham, toʻxtamay uni avtomobili bilan turtib yuborib, Nukus koʻchasi boʻylab kapot ustida sudrab ketgan.
YPX xodimi tan jarohati olganligi sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.