Nukusda qariyb 3,5 mlrd soʻmlik gazni oʻgʻirlagan zapravka aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan  “D.C.” MCHJga qarashli AGTKSHda qariyb 3,5 mlrd soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, MCHJ mansabdor shaxslari “avtopilot-pro” rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatib, 3 mlrd 455 mln soʻmlik yoki 1,9 mln kub metr tabiiy gazni oʻgʻirlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling