Nurobod va Paxtachi tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Tumanlarda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo'lib o'tdi

Maxsud Buranov Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u “Agrobank” AT bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Shuningdek, Qayum Xushbaqov Paxtachi tumani hokimi etib tayinlandi.

Xushbaqov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruh rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling