Navoiy viloyatining Nurota tumanida 30 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Ma’lum qilinishicha, “A.N.” MCHJ rahbari J.A. korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini fuqaro K.X.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling